“Roma” klubi qishki transferlar vaqtida jamoaga yangi hujumchi olib kelmoqchi.
Corriere dello Sport xabariga ko’ra, rimliklar “Napoli” hujumchisi Jakomo Raspadoriga qiziqish bildirmoqda va uni yanvar oyida o’z safiga qo’shib olmoqchi.
Qayd etilishicha, Eldor Shomurodov Artyom Dovbikka yetarlicha raqobat qila olmayapti va “bo’rilar” uni qishda ijaraga yoki to’liq sotib yuborishni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlanishicha, Raspadori Antonio Konte qo’l ostida rotatsiyalarda doimiy ishtirok etmayapti va ko’proq o’yin amaliyoti talab qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Shomurodov joriy mavsum “Roma” safida 7 ta o’yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.