Angliya terma jamoasi va “Chelsi”ning sobiq futbolchisi Frenk Lempard tez orada “Koventri” bosh murabbiyiga aylanadi.
Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko’ra, tomonlar allaqachon prinspial kelishuvga erishgan.
Hozircha shartnoma imzolanmagan, ammo Lempard payshanba kuni rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Lempard deyarli sakkiz yil davomida “Koventri”da ishlagan Mark Robinsning o’rnini egallaydi.