Ikki karra Olimpiada chempioni va yengilmas nokautchi Bahodir Jalolov(14-0, 14 KO) 6-fevral kuni Kanadada professional boksdagi navbatdagi janggini o’tkazadi.
10 raundga mo’ljallangan ushbu jangda hamyurtimizga fransiyalik Devid Spilmont (16-8-1, 11 KO) raqiblik qiladi.
“Professional faoliyatimning keyingi bosqichidan juda hayajondaman. 2024-yilgi Olimpiadada Vatanim sharafini munosib himoya qilganimdan so’ng, 2025-yilda og’ir vazn toifasida chempion bo’lishni rejalashtiryapman.
Men uchun bu yo’l 6-fevral kuni Monrealda davom etadi”, – deydi Jalolov.