Kataloniyaning “Barselona” klubi Dani Olmo transferi bo’yicha “Leypsig” bilan og’zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “Barselona” ushbu transfer uchun 50+7 million yevro to’laydi. Futbolchi bilan esa 6 yillik shartnoma imzolanadi.
Ma’lumot uchun, Olmo o’tgan mavsum Bundesligada 21 ta o’yin o’tkazib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.