“Manchester Yunayted” hujumchisi Joshua Zirkze faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishi mumkin.
Corriere dello Sport xabariga ko’ra, turinliklar allaqachon Zirkze bilan muzokaralarga kirishgan. Hozirda “Yuventus” gollandiyalik futbolchi uchun asosiy davogar bo’lib turibdi.
Eslatib o’tamiz, Zirkze joriy yilning iyul oyida 42,5 million yevro evaziga “Bolonya”dan “Manchester Yunayted” safiga kelib qo’shilgandi.
23 yoshli forvard joriy mavsum mankunianliklar safida jami 18 ta o’yinda maydonga tushib, bitta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.