Londonning “Arsenal” klubi markaziy himoyachisi Gabriel Magalyans Chempionlar ligasining 5-turida “Sporting”ga qarshi o’yinda (5:1) jarohat oldi.
26 yoshli braziliyalik futbolchi 45-daqiqada jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi va asosiy vaqt yakuniga 6 daqiqa qolganida o’z o’rnini Yakub Kiverga bo’shatib berdi.
“Biz jarohat qanchalik jiddiy ekanligini bilmaymiz. Gabriel o’zini noqulay his qilganini aytdi. Keyin uni almashtirishga majbur bo’ldim”, – deydi “Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta.
Ma’lumot uchun, Gabriel joriy mavsum klub safida jami 18 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta golga mualliflik qildi.