Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”ning yangi sardori bo’lishi mumkin. Germaniyalik darvozabon Kataloniya klubida Serxi Roberto ketganidan keyin sardorlik bog’ichini olishga asosiy nomzod hisoblanadi.
Ter Shtegen nafaqat jamoaga ta’siri, balki yangi bosh murabbiy Xansi Flik bilan aloqalari yaxshi bo’lganligi ham jamoa sardori bo’lishida muhim ahamiyat kasb etgan.
Frenki de Yong va Ronald Arauxo jamoa vitse-sardorlari deb e’lon qilingan. Ularning nomzodlari jamoa a’zolari ham ma’qullagan. Ammo klub hali to’rtinchi sardorni tayinlamagan.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona”ning to’rtinchi sardori bo’lishga asosiy nomzodlar Robert Levandovski va Perdi hisoblanadi. Flik polshalik hujumchini tayinlash variantini ma’qul ko’radi, chunki murabbiy Robertni kiyinish xonasida so’zsiz yetakchilardan biri va jamoadoshlari uchun yaqqol o’rnak deb biladi. Biroq Pedri sardorlikka tayinlansa, germaniyalik mutaxassis bunga e’tiroz bildirmaydi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” sardorlarining yakuniy tarkibi “Gamper” kubogidan so’ng e’lon qilinadi.