Yarim og’ir vazn toifasida UFC jangchisi Magomed Ankalayev promoushen bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda uning menejeri Ali Abdulaziz xabar berdi.
“Magomedning yangi shartnomasi bor, u bundan mamnun. U chempionlik janggiga loyiq”, – deydi Abdulaziz.
Ma’lumot uchun, Ankalayev hozirda 32 yoshda. U professional MMA’da 2014-yil debyut qilgan va 2018-yilda UFC’da ilk janggini o’tkazgan.