“Manchester Yunayted” “Bavariya”ning chap qanot himoyachisi Alfonso Devisga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Manbaga ko’ra, myunxenliklar shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadigan Devis bilan bitimni uzaytirish borasida kelisha olmasa, futbolchi mavsum oxirida erkin agentga aylanishi mumkin.
Mankunianliklar esa bu vaziyatdan foydalanib, Devisni o’z safiga qo’shib olmoqchi. Chunki yanvar oyidan boshlab istalgan xorij klubi futbolchi bilan to’g’ridan-to’g’ri muzokaralar olib borishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Alfonso joriy mavsum klub safida jami 14 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.