O’zbekiston milliy terma jamoasi va Tailandning “Patum Yunayted” klubi hujumchisi Igor Sergeyev 10 oylik tanaffusdan so’ng jamoasining qaydnomasidan o’rin oldi.

“Patum Yunayted” 20-noyabr kuni Tailand kubogi doirasida “Tay Port”ga qarshi maydonga tushdi va 2:1 hisobida g’alaba qozondi. Sergeyev mazkur uchrashuvda zahirada qoldirildi.
Eslatib o’tamiz, Igor yanvar oyida Osiyo kubogi guruh bosqichi 3-turidan o’rin olgan Avstraliyaga qarshi o’yinda jarohat olgandi.