Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone iste’foga chiqarilishi mumkin.
Relevo xabariga ko’ra, “matraschilar” rahbariyati hozirda ishsiz yurgan germaniyalik mutaxassis Yurgen Kloppni Simeone o’rniga olib kelmoqchi.
Eslatib o’tamiz, Yurgen Kloppning so’nggi ish joyi “Liverpul” klubi edi. Bungacha germaniyalik mutaxassis Dortmundning “Borussiya” va “Maynz” klublarida faoliyat yuritgan.
Klopp 2015-yildan 2024-yilgacha mersisaydliklar boshqaruvida ishlagan. U ingliz klubi bilan Chempionlar ligasi, Premyer-liga va boshqa ko’plab sovrinlarni qo’lga kiritgan.