Yengil vazn toifasida Bellator chempioni Usmon Nurmagomedov navbatdagi janggini 2025-yilning 25-yanvar kuni Dubayda irlandiyalik Pol Xyuzga qarshi o’tkazadi.
Eslatib o’tamiz, Usmon so’nggi bor joriy yilning sentyabr oyida Bellator Champions Series 4 turnirida Aleksandr Shabliyga qarshi oktagonga ko’tarilgan va hakamlarning yakdil qarori bilan g’alaba qozongan.
Xyuz esa o’zining oxirgi janggini joriy yilning oktyabr oyida AJ Makkiga qarshi o’tkazgan va hakamlarning bo’lingan qarori bilan g’alaba qozongan.