Lissabonning “Sporting” klub va Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Viktor Dyokeresh Millatlar Ligasi guruh bosqichining eng yaxshi to’purariga aylandi.
Guruh bosqichining so’nggi turida Shvetsiya Ozarbayjonga qarshi maydonga tushdi va yakunda yirik 6:0 hisobida g’alaba qozondi. Ushbu o’yinda Dyokeresh poker qayd etib, turnirdagi gollari sonini 9 taga yetkazib oldi.
Shu tariqa, 26 yoshli futbolchi to’purarlar bahsida Erling Holandni ortda qoldirdi (7 ta).
Shuningdek, kuchli uchlikni ruminiyalik Razvan Marin (6 ta) yakunlab berdi. To’rtinchi o’rinni mos ravishda Krishtianu Ronaldu va Banjamin Sheshko (5 ta) bo’lishib oldi.