“Chelsi” bosh murabbiyi Enzo Mareska 27 yoshli chap qanot himoyachisi Benjamin Chilvellga jamoani tark etishni maslahat berdi.
“Menga Chilvell juda yoqadi, lekin u bu jamoada o’ynay oladigan pozitsiyani ko’rmayapman. Balki Ben “Chelsi”ni tark etib, o’zini boshqa jamoada sinab ko’rishi kerakdir. Transferlar oynasi hamon ochiq”, – deydi Mareska.
Ma’lumot uchun, Chilvell o’tgan mavsum barcha turnirlarda 21 ta o’yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning londonliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo’ljallangan.