Klublar o’rtasidagi Jahon chempionatining 1/8 final bosqichidan o’rin olgan “Inter” va “Fluminense” o’rtasidagi bahs bo’lib o’tdi va unda braziliyaliklar 2:0 hisobida g’alaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollarga Xerman Kano va Erkules mualliflik qildi. Shuningdek, 40-daqiqada Ignasioning goli ofsayd tufayli hisobga olinmadi.
Shu tariqa, “Fluminense” chorak finalga yo’l oldi. Braziliya klubi 1/4 finalda “Manchester Siti” va “Al-Hilol” qarama-qarshiligi g’olibi bilan to’qnash keladi.