Londonning “Arsenal” klubi “Real Madrid”ning turkiyalik vingeri Arda Gulerga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sport.es xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “kanonirlar” 19 yoshli futbolchini qishki transferlar oynasida ijaraga olishi mumkin. Ardaning o’zi ham ushbu transferga qarshi emas, chunki u “Real”da berilayotgan o’yin vaqtidan norozi.
Qayd etilishicha, “Arsenal” Guler bilan ssenariyni bir vaqtlar “Real”dan ijaraga olingan, so’ng to’liq sotib olingan va jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan Martin Edegorning transferi bilan takrorlanishini kutmoqda.
Ma’lumot uchun, Guler joriy mavsum “Real” safida jami 12 ta o’yinda maydonga tushdi.