Amsterdamning “Ayaks” klubi bosh direktori Menno Gelen kelasi mavsumdan boshlab jamoaning klassik logotipi qaytarilishini rasman e’lon qildi.

“18-mart kuni “Ayaks” o’zining 125 yilligini nishonlaydi. Klassik logotipning qaytarilishi bayramlar doirasida e’lon qilinadi.
Ko’pchilik muxlislarimiz uzoq yillardan buyon shu istakda bo’lgan va biz klassik logotipni muxlislarimizga va o’zimizga qaytarishga qaror qildik”, – deydi Gelen.
Ma’lumot uchun, “Ayaks” ayni dam Erediviziyada 11-turdan so’ng 26 ochko jamg’argan holda, turnir jadvalida 3-o’rinda bormoqda.