Angliya Kubogi 1/16 final bosqichidan o’rin olgan bahsda Chempionship autsayderi “Plimut” “Liverpul”ni minimal hisobda mag’lub etdi – 1:0.
Uchrashuvdagi yagona gol 53-daqiqada Rayan Xardi tomonidan kiritildi. “Plimut” hujumchisi penaltini aniq amalga oshirdi.
Shu tariqa, mersisaydliklar Angliya Kubogini tark etdi.
Qayd etish joiz, “Liverpul” hozirda APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Plimut” esa Chempionship turnir jadvalida eng oxirgi o’rinni egallab turibdi.
Angliya Kubogi | 1/16 final
“Plimut” 1:0 “Liverpul”
Gol: Rayan Xardi (pen.) 53′.