“Palmeyras” klubi prezidenti Leyla Pereyra “Santos” davogarlik qilayotgan Neymar bilan shartnoma imzolash imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
“Neymar ajoyib futbolchi, lekin u “Santos”ga o’tadi. U bu yerga kelmaydi. Men murabbiy qaror qilsa, ertaga kelib maydonga tusha oladigan futbolchilarga sarmoya kiritmoqchiman.
“Palmeyras” kasalxona emas. Men o’yinga tayyor bo’lmagan futbolchilarni sotib olishni xohlamayman”, – deydi Pereyra.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli braziliyalik futbolchining “Al-Hilol” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi. Biroq, xabarlarga ko’ra, futbolchi yanvardayoq jamoani tark etishi mumkin.