Xabaringiz bor, O’zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 3-saralash bosqichining so’nggi turida Qatarni yirik 3:0 hisobida mag’lub etdi.
Uchrashuvdan so’ng futbolchilar va murabbiylar shtabiga prezident sovg’asi sifatida “BYD” rusumidagi avtomobillar sovg’a qilindi.
E’tiborli jihati shundaki, mundial yo’lida o’zining katta hissasini qo’shgan Bobur Abduxoliqov BAA va Qatarga qarshi o’yinlar uchun terma jamoamiz qaydnomasidan o’rin olmagan edi. Shu sababli futbolchimiz sovg’alardan va e’tibordan “quruq qolgandi”.
Biroq, terma jamoamizning faxriy o’yinchisi Islom To’xtaxo’jayev o’ziga berilgan avtomobilni Bobur Abduxoliqovga sovg’a qilib, hammani hayron qoldirdi. Barakalla!
