Lissabonning “Sporting” klubi hujumchisi Viktor Gyokeres kelajagi borasida berilgan savollarga javob berdi.
Avvalroq OAV’da shvetsiyalik futbolchiga “Barselona”, “Bavariya” va “Manchester Yunayted”dan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgandi.
“Bu mavsumni “Sporting”da yakunlamoqchiman. Menga bu yer yoqadi.
Yangi klubmi? Vaqti kelganda ko’ramiz. Muhimi men o’ynashni xohlayman. Bunga boshqa omillar ham ta’sir qiladi”, – deya Gyokeresning so’zlarini keltiradi Fabritsio Romano.
Ma’lumot uchun, Viktor joriy mavsum barcha turnirlarda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 70 million yevroga baholanmoqda.