Og’ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Jon Jons hali ham divizionning vaqtinchalik chempioni Tom Aspinall bilan jang qilishni istamayapti.
“Men Tomga qarshi jangdan xavotirda emasman. Men Pereyra bilan jangdan xavotirdaman. Bu men xohlagan narsadir. Agar UFC meni oktagonga qaytarmoqchi bo’lsa, bu jangni o’tkazadi.
Men niyatlarimni aniq aytdim. Men tan olingan chempionlar bilan jang qilmoqchiman. Aspinallning og’ir vaznda UFC chempionligini qo’lga kiritishining menga qizig’i yo’q. Mening maqsadim – Aleks Pereyra.
Men Aspinallni zerikarli deb bilaman. Men uni yoqtirmayman. Agar u menga qarshi jang qilishni xohlasa, men tovon puli talab qilaman. Menga Tom kerak emas, unga men kerakman”, – deydi Jons.
Eslatib o’tamiz, Jon Jons Nyu-Yorkda tashkil etilgan UFC 309 turnirida Stipe Miochichga qarshi oktagonga ko’tarildi va 3-raundda nokaut evaziga g’alaba qozondi.