UFC rahbari Dana Uayt promoushenga qaytish istagini bildirgan Xorxe Masvidalning so’zlariga javob qaytardi.
Avvalroq Masvidal UFC’da 2024-yil oxiri yoki 2025-yilning boshida bo’lishi mumkin bo’lgan jang bo’yicha muzokaralar olib borayotganini e’lon qilgandi.
“Bu qiziq. Keling, nima qilish mumkinligini ko’rib chiqaylik. Bu qanday ko’rinishga ega bo’lishini hozircha bilmayman”, – deydi Uayt.
Ma’lumot uchun, Masvidal hozirda 39 yoshda. Uning professional MMA’dagi rekordi 35-18 ga teng.
U 2020/2023-yillar oralig’ida ketma-ket to’rtta jangda mag’lubiyatga uchraganidan so’ng faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.