Londonning “Chelsi” klubi Kristofer Nkunkuni “Manchester Yunayted”ga sotmoqchi emas. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, londonliklarning asosiy hujumchisi Nikolas Jekson bo’lishiga qaramay, jamoa bosh murabbiyi Enso Mareska yozgi transferlar oynasidagi jiddiy o’zgarishlardan so’ng klubning asosiy qismini saqlab qolmoqchi.
Ta’kidlanishicha, Nkunku “Chelsi”da berilayotgan o’yin vaqtidan norozi va munatazam o’yin amaliyotiga ega bo’lish uchun “Manchester Yunayted”ga o’tishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Nkunkuning “Chelsi” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 65 million yevroga baholanmoqda.