Argentinalik hujumchi Xulian Alvares “Manchester Siti”ni tark etishi mumkin. Avvalroq Pep Gvardiola forvardning ko’proq o’yin amaliyotiga ega bo’lish istagini inobatga olgan holda, uning ketishiga ruxsat bergandi.
Hozirda Alvares uchun asosiy davogar Madridning “Atletiko” klubi hisoblanadi. Shuningdek, PSJ ham hujumchi uchun kurashga qo’shilgan.
Jurnalist Gaston Edulning xabariga ko’ra, Liga 1 grandi Xulianni qanday qilib qo’lga kiritish rejasini o’ylab topgan. PSJ “Manchester Siti”ga “Atletiko”dan ko’ra ko’proq pul taklif qilgan.
Biroq hujumchining o’zi Madrid klubi safiga borib qo’shilishni afzal ko’rmoqda. Ma’lumot uchun, uning transfer narxi 90 million yevroni tashkil qiladi.
