Joriy mavsumni “Galatasaroy”da ijara asosida o’tkazayotgan “Napoli”ning 25 yoshli hujumchisi Viktor Osimhen doimiy ravishda turk klubida qolishni istamoqda. Bu haqda Florian Plottenberg xabar berdi.
Manbaga ko’ra, nigeriyalik futbolchi Istanbulda o’zini yaxshi his qilmoqda va muxlislar yoqimtoyi bo’lish unga yoqadi. Osimhenning do’stlari ham jamoada ko’pchilikni tashkil qiladi.
O’z navbatida “Galatasaroy” ham hujumchini kelayotgan yozda jamoada olib qolish uchun jiddiy harakat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Osimhen joriy mavsum barcha musobaqalarda 9 ta o’yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 75 million yevroni tashkil qiladi.