Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta “kanonirlar”ning qishki transferlar oynasidagi nofaolligi haqida fikr bildirdi.
“Transferlar oynasi ochilganda, jamoamizga ta’sir o’tkaza oladigan futbolchilar bilan tarkibimizni yaxshilashni maqsad qilgandik. Ammo yangi xaridlarni amalga oshira olmadik.
Bizni bu borada hafsalamiz pir bo’ldi, lekin bizga ma’lum futbolchilar kerakligini ham juda yaxshi bilamiz. Moliyaviy jihatdan juda ko’p yo’llar va biz ichida qolishimiz kerak bo’lgan juda ko’p narsalar bor”, – deydi Arteta.
Ma’lumot o’rnida, London klubi yanvar oyida hech kim bilan shartnoma imzolamadi. “Arsenal” hozirda APL turnir jadvalida 50 ochko bilan ikkinchi o’rinda bormoqda.