Ozarbayjonning “Sumqayit” klubi o’zbekistonlik futbolchilar Bobur Abduxoliqov va Jasur Jaloliddinov bilan xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirda ikki futbolchi ham kelajagi borasida aniq qarorga kelmagan. Jasur o’tgan yilning oktyabr oyida ushbu jamoaga ko’chib o’tgan bo’lsa, Bobur shu yilning fevral oyida shartnoma imzolagandi.
Ma’lumot uchun, “Sumqayit” Ozarbayjonning oliy divizionida 10 jamoa ichida 8-o’rinni egalladi. Klub 36 ta o’yinda 33 ochko to’plashga muvaffaq bo’ldi.