“Liverpul” va “Valensiya” Giorgi Mamardashvili transferi bo’yicha og’zaki kelishuvga erishdi.
Ektor Gomesning xabariga ko’ra, bitim summasi bonuslar bilan birga 35 million yevroni tashkil qiladi.
Shartnomaga ko’ra, kiper bir yil davomida “Valensiya”da ijara asosida qoladi. 2025-yilda “Liverpul” Mamardashvili atrofidagi vaziyatni kuzatadi va uni jamoada qoldirish yoki uni yana ijaraga berish haqida qaror qabul qiladi.
Ma’lumot uchun, Mamardashvili o’tgan mavsum “Valensiya” safida 32 ta o’yinda maydonga tushib, 12 tasida o’z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.