Bugun afsonaviy bokschi Mayk Tayson Jeyk Polga qarshi ringga ko’tarildi va ochkolar hisobiga mag’lub bo’ldi.
Jangdan so’ng 58 yoshli bokschi bahs haqida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
“Men o’zimdan boshqa hech kimga isbotlaydigan narsam yo’q. Men o’zim uchun hali ham jang qila olishimni isbotlamoqchi edim. Sog’lig’im bilan bog’liq muammolarim bor edi, lekin men buni bahona qilmoqchi emasman. Polga kelsak, u yaxshi jangchi, bu qiyin jang bo’ldi.
Qasosmi? Bu vaziyatga bog’liq bo’ladi. Menimcha, bu mening so’nggi janggim emas. Balki keyingisida boshqa birov bilan jang qilarman, masalan Logan Pol (kuladi), – deydi Tayson.
Shuningdek, Maykning vakili “Temir Mayk” faoliyatini tugatish niyatida emasligini va kelasi yili yana ringga ko’tarilmoqchi ekanligini aytdi.
“Mayk hali ham jang qilishni xohlaydi. U navbatdagi janggini 2025-yilda o’tkazishi mumkin. Raqib bilan muammolarni keyinroq hal qilamiz”, – deya iqtibos keltiradi TASS nashri.