Qozog’istonning Astana shahrida bo’lib o’tayotgan professional boks oqshomida super o’rta vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov navbatdagi jangini o’tkazdi.
Hamyurtimizga ukrainalik sportchi Igor Shevadzutskiy raqiblik qildi.
10 raundga mo’ljallangan jang to’liq davom etdi va yakunda Jalolov ochkolar hisobiga ko’ra g’alaba qozondi.
Shu tariqa, “Big Uzbek” prof boksdagi g’alabalari sonini 15 taga yetkazib oldi. Avvalgi g’alabalarining barchasini muddatidan avval qo’lga kiritgandi.