UFC Shavkat Rahmonovning (18-0-0) Las-Vegasda tashkil etiladigan UFC 310 turniridagi raqibini e’lon qildi.
Eslatib o’tamiz, Rahmonov UFC 310 musobaqasida yarim o’rta vazn toifasida amaldagi chempion Bilol Muhammadga qarshi oktagonga ko’tarilishi kerak edi, biroq Bilolning olgan jarohati sabab ushbu jang bekor qilingandi.
Natijada irlandiyalik Ien Garri (15-0-0) Shavkat Rahmonovning navbatdagi raqibiga aylandi. Qiziqarli tomoni, ikkala jangchi ham professional MMA’dagi faoliyatida hali biron marotaba mag’lubiyatga uchramagan.

Ma’lumot uchun, UFC 310 turniri 8-dekabr sanasida bo’lib o’tadi.