Mashhur amerikalik bokschi Rayan Garsiya WBA va WBO Interim kamarlari sohibi Terens Krouford haqida fikr bildirdi.
“Terens aslida avtohalokatga uchragan Spensdan boshqa hech kimni mag’lub etmagan. Kroufordga haddan tashqari baho berilgan. Kechirasan, lekin kimdir buni aytishi kerak edi. Sen rasvo jangchisan.
Sen boshqa odamlarning pullarini behuda sarf qilyapsan. Sen janglaringda shou namoyish qilmaysan va ular juda zerikarli. Agar gapim noto’g’ri bo’lsa, men bilan kurash”, – deydi Garsiya.
Eslatib o’tamiz, Terens o’zining so’nggi janggini hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi o’tkazgan va ochkolar hisobiga g’alaba qozongan.
Ma’lumot uchun, Krouford ikki vazn toifasida to’rtta kamarni birlashtirgan tarixdagi birinchi bokschi hisoblanadi.