Yengil vazn toifasida UFC jangchisi, sobiq Bellator chempioni Maykl Chendler 2024-yil dekabr oyida jang o’tkazmoqchi ekanligini aytdi.
“Men har doim optimistman, shuning uchun Konor bilan jang bo’lishiga ishonaman. Ammo hozir biz ushbu jangni muhokama qiladigan nuqtadamiz.
Konor bilan janggimiz dekabr oyida bo’lib o’tishi kerak. Unda tiklanish va tayyorgarlik ko’rish uchun yetarlicha vaqt bor”, – deydi Maykl Chendler.
Eslatib o’tamiz, Konor MakGregor va Maykl Chendler o’rtasidagi jang 30-iyun kuni Las-Vegasda UFC 303 turnirida bo’lib o’tishi kerak edi. Biroq Konorning jarohati ushbu jangning bekor bo’lishiga sabab bo’lgandi.