JCh-2026 saralash bahslari avvalidan beri terma jamoalarning mundialga chiqish imkoniyatlarini foizda taxmin qilib kelayotgan “We Global” nashri Qatarga qarshi uchralgan mag’lubiyatdan so’ng ham O’zbekiston milliy terma jamoasini favorit deb hisoblamoqda.
Manbaga ko’ra, ikkinchi o’rin bilan mundialga yo’l olishimiz 76 foizni tashkil qiladi.
Qatar va BAA’ning esa ikkinchi o’rinni egallash extimoli 8,6 va 6,6 foizga teng. Ushbu nashr arablarning O’zbekistondan o’zib ketish imkoniyati deyarli yo’q deb hisoblamoqda.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralashi doirasidagi navbatdagi o’yinini 19-noyabr kuni Laosda KXDR’ga qarshi o’tkazadi.