Yengil vazn toifasida UFC jangchisi Merab Dvalishvilining murabbiyi Rey Longo shogirdining amaldagi chempion Shon O’Melliga qarshi bo’lajak jangi haqida fikr bildirdi.
“G’alaba qozonish uchun Merab bir nechta zarbalar berishi kerak. O’Melli – snayper. Qafasga kirib, Shon sizni zarbalarida ushlay olmaydi, deb o’ylash ahmoqlik.
Ammo menimcha, O’Melli hech qachon Merab kabi bosim o’tkaza oladigan hech kimga duch kelmagan”, – deydi Longo.
Eslatib o’tamiz, Shon O’Melli va Merab Dvalishvili o’rtasidagi jang 14-sentyabr kuni Las-Vegasda tashkil etiladigan UFC 306 turnirida bo’lib o’tadi.