O’zbekiston milliy terma jamoasi va Eronning “Istiqlol” klubi a’zosi Jaloliddin Masharipov Qatarga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlamasligi mumkin.
Eslatib o’tamiz, vinger isitmasi juda baland bo’lgani bois “Istiqlol”ning so’nggi o’yinida maydonga tusha olmagan edi.
Terma jamoa safiga qo’shilgach, uning sog’lig’i yana ham yomonlashgan. Jaloliddinning o’zi esa har qanday holatda ham jamoaga yordam bermoqchi.
Murabbiylar shtabi futbolchining ertangi holatidan kelib chiqib uning maydonga tushish-tushmasligini belgilab beradi.