Leverkuzenning “Bayer” klubi himoyachisi Jonatan Ta faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin. Shaxsan Xansi Flikning o’zi Tani Kataloniyada ko’rishni xohlaydi.
Himoyachining “Bayer” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi. Avvalroq futbolchi shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayotganini ma’lum qilgandi.
Agar Ta yanvar oyida transfer qilinsa, klub u uchun 15 million yevro tovon puli talab qiladi. “Real” yaqin haftalar ichida futbolchini sotib olish imkoniyatlarini o’rganib chiqmoqchi.
Hozirda Ta “Bavariya” va “Barselona” bilan muzokaralar olib bormoqda. Myunxenliklar uni yozgi transferlar vaqtida qo’lga kiritishga harakat qilib ko’rdi, ammo “Bayer” bilan kelishuvga erisha olmadi.
Ayni paytda himoyachini Xansi Flik Kataloniya klubi bilan shartnoma imzolashga ko’ndirishga harakat qilmoqda. Murabbiy uni o’z o’yin uslubiga mos deb biladi.