Kataloniyaning “Barselona” klubi yangi mavsum uchun futbolchilarni ro’yxatdan o’tkazishda muammolarga duch kelmoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko’ra, jamoaning besh nafar futbolchisi: Aleks Valla, Pau Viktor, Pablo Torres, Inigo Martines va Dani Olmo chempionat boshlanishiga uch kun qolganiga qaramay, liga ro’yxatidan o’tkazilmagan.
Eslatib o’tamiz, “Barselona” La Liganing yangi mavsumini 17-avgust kuni bo’lib o’tadigan “Valensiya”ga qarshi bahs bilan boshlaydi.