Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Lamin Yamal eng katta orzulari haqidagi savolga javob berdi.
“Barselona” bilan Chempionlar Ligasida g’alaba qozonish va Ispaniya terma jamoasi bosh jahon chempioni bo’lish – bu mening eng katta orzularim”, – deydi Yamal.
Ma’lumot uchun, Yamal joriy mavsum kataloniyaliklar safida 36 ta o’yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.