“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Biz yangi kelishuv haqida hali gaplashmadik. Men jarohat oldim…
“Manchester Siti” bilan shartnomamni yangilash hozir mening ustuvor vazifam emas. Men imkon qadar tezroq tiklanishni xohlayman, bu mening maqsadim, keyin ko’ramiz”, – deya Rodrining so’zlarini keltiradi Fabritsio Romano.
Eslatib o’tamiz, avvalroq “Oltin to’p” taqdimotidan so’ng “Manchester Siti” rahbariyati Rodri bilan shartnomani yana ikki yilga uzaytirishni rejalashtirayotgani ma’lum bo’lgandi.