Madridning “Real” klubi vingeri Jud Bellingem jarohati sabab jamoasiga yordam bera olmayapti.
Angliyalik yarim himoyachi La Liganing 4-turidan o’rin olgan “Betis”ga qarshi uchrashuvni tribunadan kuzatib bordi.
“Santyago Bernabeu”ga yig’ilgan muxlislar esa Bellingemni olqishlar bilan siylashdi. Futbolchi esa ijtimoiy tarmoqlarda ushbu lahzani shunday ifodalaydi:
“Barchangizni sog’indim”, – deydi Bellingem.
Eslatib o’tamiz, o’z maydonida “Betis”ni qabul qilgan madridliklar 2:0 hisobida g’alaba qozondi. Ikkala golga ham Kilian Mbappe mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, “Real” Ispaniya La Ligasining navbatdagi turini 14-sentyabr kuni “Real Sosedad”ga qarshi o’tkazadi.