“Liverpul” bosh murabbiyi Anre Slot jamoaning 32 yoshli hujumchisi Muhammad Saloh haqida gapirdi.
Gollandiyalik mutaxassis misrlik futbolchi gol urish bilan birga, himoyada ham yordam berishini alohida ta’kidladi.
“Men bu yerda ko’plab tajribali futbolchilar bilan ishlayman va Saloh ulardan biri. U gol urishi kerak, bu uning vazifasi. Ammo Salohga katta rahmat, biz kam gol o’tkazyapmiz”, – deydi Slot.
Ma’lumot uchun, Muhammad Salohning mersisaydliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yozida yakuniga yetadi. Misrlik futbolchi 1-yanvardan boshlab boshqa jamoalar bilan muzokaralar olib borishi mumkin bo’ladi.