Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem jiddiy tanqidlarga uchragan jamoadoshi Kilian Mbappeni qo’llab-quvvatladi.
“Kilian “Real”ga kelganidan beri juda ajoyib o’ynayapti. U juda ko’p tanqidlarga uchradi va menimcha, muxlislar biroz oshirib yuborishyapti.
Menimcha u juda yaxshi ishlayapti. Men uni har kuni mashg’ulotlarda ko’raman va u faqat oldinga borishini bilaman”, – deydi Bellingem.
Ma’lumot uchun, Mbappe joriy mavsum klub safida jami 17 ta o’yin o’tkazib, 9 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.