Madridning “Real” klubi o’z safiga ikki to’purardan birini qo’shib olmoqchi.
Todofichajes xabariga ko’ra, Lissabonning “Sporting” klubi hujumchisi Viktor Gyokeres va ”Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland o’z faoliyatini “Qirollik klubi”da davom ettirishi mumkin.
Qayd etilishicha, “qaymoqranglilar” yuqorida tilga olingan futbolchilar o’rtasida tanlov qiladi. Hozirda Xolandning transfer narxi 200 million yevroga, Gyokeresning narxi esa 70 million yevroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Xoland joriy mavsum APL’da 11 ta o’yin o’tkazib, 12 ta gol urdi. Gyokeres esa Portugaliya chempionatining yakunlangan 11 ta turida 16 ta golga mualliflik qildi.