“Manchester Yunayted” sardori va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bruno Fernandesh parvoz vaqtida hushini yo’qotgan samolyot yo’lovchilaridan birini qutqarib qolishga yordam berdi.
30 yoshli yarim himoyachi jamoadoshi Diogo Dalot bilan Manchesterdan Lissabonga uchayotgan edi.
“Parvoz vaqtida Bruno samolyotning orqa qismiga o’tdi. To’satdan biz yordam so’ragan faryodni eshitib qoldik. Ortga o’girilib qarasak, Bruno hushini yo’qotayotgan janobni qo’lida ushlab turgandi.
Ekipaj a’zolari yordamga shoshilishdi. Orqada bo’sh o’rindiq bor edi, Bruno janobga o’tirishga yordam berdi. Hamma narsa joyida ekanligiga ishonch hosil qilish uchun u bir muddat u bilan qoldi. 5-10 daqiqadan so’ng u o’z joyiga qaytdi va o’zini juda kamtarona tutdi”, – deydi Brunoning hamrohlaridan biri.