Saudiyaning “Al-Hilol” klubi yozgi transferlar vaqtida bir qator yirik transferlarni amalga oshirmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, riyodliklar Kevin De Bruyne (“Man. Siti”), Rafinya (“Barselona”), Rafael Leau (“Milan”) va Bruno Fernandeshni (“Man. Yunayted”) nishonga olgan.
Ma’lumot uchun, “Al-Hilol” hozirda Saudiya chempionati turnir jadvalida “Al-Ittihod”dan 7 ochko ortda qolib, ikkinchi o’rinda bormoqda.