“Manchester Siti”ning sobiq himoyachisi, hozirda Saudiyaning “Al-Hilol” klubida to’p surayotgan Joau Kanselu APL’ga qaytishi mumkin. Bu haqda Todofichajes xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, 30 yoshli futbolchining xizmatlariga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda. Portugaliyalik himoyachining transfer qiymati 18 million yevroga baholangan.
Ma’lumot uchun, Kanselu joriy mavsum Saudiya chempionatida 17 ta o’yin o’tkazib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “Al-Hilol” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida yakuniga yetadi.