“Manchester Siti” darvozaboni Ederson kelasi yilda Saudiya Arabistoniga ko’chib o’tishi mumkin. Klub esa kiperning ketishi fonida uning o’rniga munosib nomzod qidirmoqda.
Fichajes xabariga ko’ra, “Manchester Siti” “Milan” darvozaboni Mayk Menyanni Edersonga ideal o’rinbosar sifatida ko’rmoqda.
Manbaga ko’ra, Pep Gvardiola to’p bilan o’ynay oladigan darvozabonlarni qadrlaydi, shuning uchun Menyan yaxshi tanlovdir.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Mayk Menyanning Transfermarkt’dagi narxi 38 million yevroga baholanmoqda.