Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Rafinya jamoadoshi Lamin Yamalga 10 ming funt sterlinglik buyurtma asosida ishlab chiqarilgan oltin Iphone sovg’a qildi.
Rafinya ushbu sovg’ani Yamalga eng yaxshi yosh futbolchi sovrinini qo’lga kiritgani munosabati bilan topshirgan.
Yamalning ism va familyasi, shuningdek, uning raqami smartfonning orqa tomoniga o’yib yozilgan.

“Bu ularning maydonda ham, maydon tashqarisida ham do’stligidan dalolat beradi”, – deyiladi xabarda.